05 apr 08:19
Yangiliklar

Bivol aka-uka Klichkolarga chiroyli "otvet" qildi
Aka-uka Klichkolar Rossiyaning Ukrainaga bosqini munosabati bilan Kanelo - Bivol jangini bekor qilishga chaqirishgandi.
To'qnashuv ishtirokchisi Dmitriy Bivolning fikricha, xorijiy davlatning aholi punktlarini vayron qilish, tinch aholini qirib tashlash, ayollarga nisbatan zo'ravonlik va bolalarni o'ldirish siyosati tajovuzkor mamlakat sportchilariga tasir qilmasligi kerak.
- Men 7 may kuni jangimiz bo'lishiga ishonaman va bunga tayyorman.
- Klichkoning jang bo'lmasligi kerak degan fikriga qanday qaraysiz? Sizningcha, bu adolatdanmi?
- Bilasizmi, butun faoliyati davomida men ularni qo'llab-quvvatlaganman. Menga ularning boksi yoqadi. Men ularga faqat eng yaxshisini tilayman. Ularning martabalarini hurmat qilaman, lekin men siyosatchi emasman. Menimcha, sport va siyosat ikki xil narsa. Sobiq sportchilar sportni siyosat va boshqa narsalar bilan aralashtirib yuborishlari juda achinarli holat. Ular sport umuman boshqa narsa ekanligini bilishadi.
Fikrlar