06 noy 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol g'alabasidan so'ng keyingi maqsadi haqida gapirdi
Yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol Xilberto Ramiresni mag'lub etganidan so'ng o'z rejasi bilan o'rtoqlashdi.
"Yanada yaxshiroq jang qilishim mumkin. Menga yaxshi raqiblar berilyapti, ular haqiqatdan ham kuchli. Men jang davomida aniq reja bilan harakat qildim. Yuqori darajada jang qila olishimni yana bir bor ko'rsatib berdim.
Men chempionman. Xilberto Ramires mendan ancha yirik edi, biroq bu menga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi. Endigi jangimni vaznimdagi boshqa chempionga qarshi o'tkazmoqchiman. Maqsadim - vaznning mutlaq jahon chempioni bo'lish!", - deya fikr bildirdi Bivol.
Malumot uchun, yarimog'ir vazn toifasidagi qolgan uchta kamar yana bir rossiyalik bokschi Artur Beterbievga tegishli bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar