26 mar 17:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Kovalyovga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangiga tayyor!
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol kamarlarini ko'paytirishga tayyor ekanligini malum qildi.
Bu malumotni rossiyalik jahon chempionining menejeri Vadim Kornilov ham tasdiqladi. Bivol avgust oyida hamyurti, WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyovga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilmoqchi.
O'z o'rnida Kovalyov ham Bivolga qarshi jang o'tkazishga tayyor. Lekin bu jang faqat yil oxirida o'tkazilishi mumkin. Boisi, Kovalyov WBO kamarini rasmiy davogar Entoni Yarddan himoya qilishi kerak.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar