25 noy 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/49202_220.jpg)
Bivol - Paskal: Bokschilar 12 raund to'liq o'tkazishdi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol (15-0, 11 KO) kamarini himoya qildi.
Bivol AQSHning Atlantik-Siti shahrida o'tkazilgan va hozirgina yakuniga etgan boks oqshomida sobiq jahon chempioni kanadalik Jan Paskal (33-6-1, 20 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang belgilanganidek to'liq 12 raund davom etdi. G'olib nomi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Yakunda hakamlar bir ovozdan 117:111, 119:109, 119:109 hisobidagi g'alabani Bivolga taqdim etishdi. Rossiyalik bokschi jahon chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Fikrlar