09 noy 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol Usik bilan jang qilishi mumkinligini aytdi
Dmitriy Bivol Aleksandr Usik bilan jang qilishi mumkinligini istisno qilmadi.
Yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol og'ir vaznda WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik bilan jang qilishi mumkinligini aytdi.
"Bilasizmi, og'ir va yarimog'ir vazn o'rtasida birinchi og'ir vazn toifasi mavjud. Bu katta "sakrash" bo'ladi. Usik birinchi og'ir vazn toifasiga o'tishi mumkinmi? Ehtimol, biz jang qilarmiz. Bilmadim, balki men vazn to'plab, o'zimni yaxshi his qilarman. Nega bunday bo'masligi kerak?", - dedi Bivol.
Dmitriy Bivol 5 noyabr kuni Xilberto Ramires bilan bo'lgan jangda g'alaba qozonib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar