19 dek 13:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol WBA chempionlik kamarini Nyu-Yorkda himoya qiladi, jang sanasi malum
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol o'ziga tegishli bo'lgan WBA chempionlik kamarini AQSHning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur Medison Skver Garden arenasida himoya qiladigan bo'ldi.
Uning raqibi chempionlik kamariga rasmiy va shu bilan birga majburiy davogar kubalik Sallivan Barrera bo'ladi. CHempionlik jangi 2018 yilning 4 mart kuni o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov murabbiylik qilayotgan rossiyalik Sergey Kovalyov yarim og'ir vaznda o'ziga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamarini Igor Mixalkindan himoya qiladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar