So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

04 may 15:19
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Biz sportni tanlaymiz!”

Namangan shahridagi 2-bolalar va o'smirlar sport maktabida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab “Biz sportni tanlaymiz!” shiori ostida bolalar sport bayrami o'tkazildi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jahon chempionlari, murabbiylar, sportchi-yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan mazkur sport maktabi tarbiyalanuvchilari joriy yilda ham yuqori natijalarga erishmoqda. Xususan, mart oyida erkin kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatida maktab o'quvchisi Madina Usmonjonova g'olib bo'lib, Singapurda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun licenziyani qo'lga kiritdi. 

17.jpg

Aprel oyida poytaxtda bo'lib o'tgan o'zbek jang sanati bo'yicha Osiyo ochiq chempionatida esa ushbu maktab yoshlari 3 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Umuman, maktab sportchilari joriy yilning birinchi choragida 12 ta oltin, 28 ta kumush, 42 ta bronza, jami 82 medalga sazovor bo'ldi.

11.jpg


Sport bayramida nufuzli musobaqalar g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida sport maktabida yo'lga qo'yilgan 18 sport turi bo'yicha tarbiyalanuvchilarning ko'rgazmali chiqishlari namoyish qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing