28 may 19:01
Yangiliklar
"Bizda shunday shakllangan". Aleksandr Usik Sobiq ittifoq boks maktabi muammosini aytdi
"Havaskorlar boksida bo'lganimizda bizdan: “Farq nimada?” deb so'rashardi. Men esa: “Havaskorlarda uch raund, professionallarda 12 raund. Faqat shu”, derdim. Lekin farq juda katta.
Tarixan Ukraina va Sobiq Ittifoq mamlakatlarida boks ko'proq ochko yig'ishga qaratilgan. Uch raund urasan, hakamlar buni hisoblaydi va g'alaba qozonasan.
Amerikaliklar yoki ingliz boks maktabini olsak, ular kuchli zarbalarga tayanadi. Kamroq harakat qiladi, lekin qattiq uradi. Mushak — bu odat. Doim qattiq ursang, kuchli zarba beradigan bo'lasan.
Bizda esa ochkolik boksga o'rganishgan. SHuning uchun qayta shakllanish kerak. Murabbiylarimiz ham professional boksga moslashmagan. Murabbiy ham o'zini qayta tayyorlab, o'rgansa — bu juda yaxshi", — dedi Usik matbuot anjumanida.
Fikrlar