28 mar 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Bleyds g'alabadan so'ng vaqtinchalik kamar uchun jang qilmoqchi
Og'ir vaznda UFC jangchisi Kertis Bleyds UFC on ESPN 33 turnirida Kris Dakasni mag'lub etgani yuzasidan fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Bleyds jangning ikkinchi raundida texnik nokaut bilan g'alaba qozondi.
"Menimcha, Gan bilan vaqtinchalik kamar uchun jang qilishga loyiqman. Men shuni xohlayman. Men chempionlik jangida qatnashishni xohlayman.
Buni shu yozda — iyun, iyul, avgust oylarida qilish mumkin. Men tayyorman", - dedi Bleyds.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar