17 okt 11:35
Yangiliklar
Tennis
Blinkova Klujda faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi
Ruminiyaning Kluj shahrida o'tkazilgan WTA turniri rossiyalik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.
WTA reytingida 138-pog'onadan joy olib turgan Anna Blinkova ushbu g'alabasi evaziga reytingda yana Top-100`ga qaytadi. U 101 daqiqa davom etgan final uchrashuvida dunyoning 78-raketkasi, italiyalik Jasmin Paolinini 6/2, 3/6, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Blinkova hisobda oldinga chiqib oldi - 3:2. Blinkova 5 ta eys, 7 ta qo'shxato, 6 ta breyk qayd etdi. Klujdagi muvaffaqiyatli ishtirok Annaga 280 reyting ochkosi hamda 33,200 dollar mukofot puli keltirdi. Bu 24 yoshli Blinkova uchun faoliyatidagi ilk sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar