07 may 17:20
Yangiliklar

Bloger Jeyk Pol Kamaru Usmanning mag'lubiyatini masxara qildi + FOTO
Jeyk yarim o'rta vaznda UFC'ning amaldagi chempioni Kamaru Usman bilan bo'lajak boks to'qnashuvini targ'ib qilishni davom ettirmoqda.
Bu safar amerikalik fotoshopdan foydalanib, nigeriyalikning karerasidagi yagona mag'lubiyatini esga oldi, Xose Kaseres Usmanni professional faoliyatidagi ikkinchi jangida bo'g'ish usulida mag'lub etgandi.
"Salom, men Jeyk Polman va siz Disney kanalini tomosha qilyapsiz",-deb yozdi bloger Twitter`da.
2016-2017 yillarda Jeyk Pol "Disney" telekanalida "Peyj va Frenki" serialida suratga tushgan va holat uning bloglarini kamsituvchilar tomonidan doim eslab turiladi. Buni Kamaru Usman ham takidlagan, u Polni "Disney`dan kelgan bola" deb atagan.
Eslatib o'tamiz, 24 aprel kuni Kamaru Usman Xorxe Masvidalni ikkinchi raundda nokautga uchratib kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jeyk Pol bundan bir hafta oldin Ben Askren bilan boks qoidalariga ko'ra jang qildi.
Malumotlarga ko'ra, Usman va Masvidalning revansh jangidan 700 ming pullik translyaciyalar sotilgan. Pol va Askrenning boks uchrashuvidan esa 1,5 million PPV sotilgan. Usmanning menejeri Ali Abdel-Azizning aytishicha, Askrenning Jeyk Polga qarshi jangini 4 milliondan 5 milliongacha pullik translyaciyalarni sotishni taklif qilgan.
Fikrlar