08 mar 12:41
Yangiliklar
BMF kamarini qo'lga kiritgan Oliveyra, titul jangiga yaqinlashayotgan Borralo va UFC'dagi ilk g'alabasini nishonlagan qozoq jangchisi. UFC 326 turnirining barcha natijalari bir sahifada
Musobaqaning markaziy bellashuvida braziliyalik aralash yakka kurash ustasi CHarlz Oliveyra AQSH vakili Maks Xolloueyga qarshi oktagonga ko'tarildi. Bahsda Oliveyra ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, BMF chempionlik kamariga ega chiqdi.
Turnirning barcha natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:
CHarlz Oliveyra Maks Xolloueyni hakamlarning yakdil qarori bilan (50-45, 50-45, 50-45) mag'lub etdi va BMF kamarini qo'lga kiritdi
Kayo Borralo Rene de Ridderni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Raul Rosas Roba Font ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozondi (30-27, 30-27, 30-27)
Dryu Dober Maykl Jonsonni texnik nokautga uchratdi (2-raund, 1:53)
Gregori Rodriges Brunno Ferreyrani nokaut bilan engdi (1-raund, 1:47)
Kodi Garbrandt Ksyao Lonni hakamlarning yakdil qarori bilan engdi (28-27, 28-27, 28-27)
Donte Jonson Kodi Brandeyjni ochkolar farqiga ko'ra taslim etdi (29-28, 28-29, 29-28)
Alberto Montes Rikki Tursiosni bo'g'ish usuli orqali mag'lubiyatga uchratdi (Anaconda choke) - (2-raund, 0:40)
Nyamjargal Tumendemberel Kodi Dardenni hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra mag'lub etdi (30-27, 30-27, 29-28)
Sumudaerji Xesus Agilarani hakamlarning yakdil qarori bilan engdi (30-27, 30-27, 30-27)
Diyar Nurgojay Rafael Tobiasni hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra taslim etdi (30-27, 29-28, 29-28)
Rodolfo Bellato Lyuk Fernandezni texnik nokautga uchratdi (1-raund, 2:42).
Fikrlar