03 mar 12:02
Yangiliklar
BNP Paribas Open. Bugun finalda "o'zbek derbisi" bo'lib o'tadi
Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli turnirda mamlakatimizning birinchi va uchinchi raketkalari Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeeva ham muvaffaqiyatli start olgandi. Ikkala tennischimiz ham raqibalarini ortiqcha qiyinchiliksiz, bir xil - 6/2, 6/2 hisoblarida mag'lub etishgan edi.
Qizig'i, bugun asosiy to'rga yo'llanma beruvchi saralash turnirining final uchrashuvida ular bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 23:00da boshlanadi. Bu tennischilarimizning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi. Ular ishtirokidagi ilk bahs 2024 yilning 24 avgustida AQSHdagi turnirda bo'lib o'tgan va unda Rahimova 6/3, 6/0 hisobida g'alaba qozongandi.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda dunyoning 88-raketkasi bo'lib turibdi. Mariya Timofeeva esa WTA reytingida 156-pog'onadan joy olgan.

Fikrlar