15 mar 11:33
Yangiliklar
Tennis

BNP Paribas Open. Hali 18 yoshga to'lmagan Mirra finalga chiqdi
AQSHning Indian-Uells shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
WTA reytingida 11-o'rinni egallab turgan Mirra Andreeva final chiptasini qo'lga kiritdi. 29 aprel kuni 18 yoshga to'ladigan rossiyalik iqtidor egasi 1/2 finalda dunyoning ikkinchi raketkasi polshalik Iga Svyontekni 7/6(1), 1/6, 6/3 hisoblarida mag'lub etdi.
Mirra tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1. Ikki soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 5, Svyontek 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Mirrada bittaga ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Breyklar bo'yicha Svyontek ustunlik qildi - 5 ga 4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar