So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

04 mar 10:04
Yangiliklar

Tennis

BNP Paribas Open. "O'zbek derbisi" yakuniga etmay qoldi

AQSHning Indian-Uells shahri WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 million 415 ming 725 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli turnirda mamlakatimizning birinchi va uchinchi raketkalari Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeeva ham muvaffaqiyatli start olgandi. Ikkala tennischimiz ham raqibalarini ortiqcha qiyinchiliksiz, bir xil - 6/2, 6/2 hisoblarida mag'lub etishgan edi.

Kecha tunda asosiy to'rga yo'llanma beruvchi saralash turnirining final uchrashuvida ular bir-birlariga qarshi kortga chiqishdi. Birinchi set 6/4 hisobida Timofeeva foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setni 4/5 hisobida yutqazayotgan Mariya uchrashuvni davom ettira olmasligini malum qildi va natijada saralash bahslarida ettinchi raqam ostida tasniflangan Rahimova musobaqaning asosiy to'riga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bunda Kamillaga omad ham kulib boqdi.  

Bu tennischilarimizning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ular ishtirokidagi ilk bahs 2024 yilning 24 avgustida AQSHdagi turnirda bo'lib o'tgan va unda Rahimova 6/3, 6/0 hisobida g'alaba qozongan edi.   

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda dunyoning 88-raketkasi bo'lib turibdi. Mariya Timofeeva esa WTA reytingida 156-pog'onadan joy olgan. Endi Rahimova asosiy to'rning ilk davrasida reytingda 165-o'rinni egallab turgan kanadalik Byanka Andreeskuga qarshi kortga chiqadi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing