So’nggi yangiliklar

20:29Аюбхон Набиев жаҳон чемпионати шоҳсупасида! Медалларимиз 4 тага етди 0 18:21Двалишвили: "Ян билан жанг куни иккита беш раундлик спарринг ўтказганман" 0 18:21Янги йўқотиш: "Арсенал" асосий футболчиси жароҳат олди 0 18:00"UFC'га шу ёқади". Дариуш Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлиши кераклигини айтди 0 17:39Усик Фьюри билан трилогияга тайёр! 0 17:18Раҳимова Руан турнирида дунёнинг 36-ракеткасига қарши уч сетлик баҳс ўтказди 0 16:57Қамчибек Ташиев Қирғиз футбол иттифоқи президенти лавозимини тарк этди 0 16:36Ульберг Майамида чемпионлик камарини йўқотиб қўйганини тан олди 0 16:15Жошуанинг жамоаси Фьюри билан жанг бўйича позициясини билдирди 0 15:54Осиё чемпионатининг илк куни 3 та медалга эга чиқдик 0 15:33"Аҳмоқ". Снейдер Камавингани кескин танқид қилди 0 15:12Боксчиларимиз Бразилиядаги World Boxing ташкилоти кубогида иштирок этади 0 14:51"Ҳаммаси жамоадошим туфайли". Двалишвили машғулотда қандай қилиб бурнини синдирганини айтди 0 14:30UFC турнири иштирокчиларига қўшимча миллион долларлик бонус ажратилади 0 14:09Даҳшат! "Бунёдкор" стадионида иссиқ сув йўқ, электр энергияси ҳам ўчирилди 0

05 mar 11:52
Yangiliklar

Tennis

BNP Paribas Open. Rahimova 1/32 finalga yo'l oldi. Endi uni dunyoning to'rtinchi raketkasi kutmoqda!

AQSHning Indian-Uells shahri WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 million 415 ming 725 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham ishtirok etyapti. Asosiy to'r bahslariga saralash turniridagi ikki g'alabasi evaziga etib kelgan Rahimovaning muvaffaqiyatli odimi davom etdi. U asosiy to'rning ilk davrasida reytingda 165-o'rinni egallab turgan kanadalik Byanka Andreeskuga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 19 daqiqalik uchrashuvda Kamilla dunyoning sobiq to'rtinchi raketkasini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(6), 6/0, 6/1.       

Taqqoslash uchun, Rahimova ayni paytda dunyoning 88-raketkasi bo'lib turibdi. 25 yoshli Byanka bahs davomida 12, 24 yashar Rahimova esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar kanadalikda bittaga ko'proq bo'ldi - 5 ga 4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.   

Eslatib o'tamiz, Rahimova saralashning final uchrashuvida O'zbekistonning uchinchi raketkasi Mariya Timofeevani omad tufayli mag'lubiyatga uchratgandi. Birinchi set 6/4 hisobida o'z foydasiga hal bo'lgan Timofeeva ikkinchi setni 4/5 hisobida yutqazayotgan bir paytda jarohat olib, kurashni to'xtatgandi. 

Ertaga Kamilla Rahimovani jiddiy sinov kutib turibdi. Vakilamiz 1/32 final uchrashuvida dunyoning to'rtinchi raketkasi, amerikalik Kori Goffga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan uchinchi uchrashuvi bo'ladi. Avvalgi har ikki bahsda Goffning qo'li baland kelgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing