22 fev 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum Entoni Joshuani keskin tanqid qildi
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshuani keskin tanqid qildi.
“AQSHda Joshuani yoqtirishmaydi. Endi Ruisga nokaut bo'lgan bokschini qanday qilib kuchli deb atash mumkin. Ochig'ini aytaman, men Ruisning janglarini tashkil qilganman, u hech qachon kuchli bokschilar bilan jang qilmagan va nokautga uchratmagan.
Tasavvur qiling, Ruis Uaylder yoki Fyuriga qarshi jang qilmoqda. Kimdir uning g'alabasiga ishonadimi? Yo'q! Joshua esa birinchi jangda imkoniyatni boy berdi, etmaganiga ikkinchi jangda qo'rqoqlarga o'xshab ring bo'ylab qochib yurdi”, - dedi Arum.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar