05 apr 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum: "Fyuri Usik yoki Joshua bilan jang uchun qolishi mumkin"
Promouter Bob Arum britaniyalik Tayson Fyuri haqida gapirdi.
"U ikkinchi darajali raqiblar bilan jang qilish uchun qolmoqchi emas. Agar unga boshqa katta jang berilsa, menimcha uni qabul qiladi. Bu Joshua yoki Usikka qarshi jang bo'lishi mumkin.
Agar bunday katta jang bo'lmasa, u ikkinchi darajali janglar uchun mashg'ulot qilib o'tirmoqchi emas. CHunki, hozirda uning pullari etarli. U oilasi, ayoli va olti nafar farzandi bilan birga hayotdan zavqlanmoqchi", - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, Fyuri navbatdagi jangini 23 aprel kuni "Uembli" stadionida Dillian Uaytga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar