04 okt 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum Uaylder - Fyuri to'qnashuvi g'olibi kimga qarshi jang qilishi kerakligini aytdi
Taniqli promouter Bob Arum Deontey Uaylder va Tayson Fyuri jangi g'olibi kimga qarshi to'qnash kelishi lozimligini aytdi.
"Ko'ramiz, ushbu jangda kim g'alaba qozonarkin. Bu haqida gapirishga hali erta. Ammo katta ehtimol bilan g'olib keyin Dillian Uayt bilan jang o'tkazishi lozim. Agar u Otto Valinni mag'lub etsa. Uaytga qarshi jang Fyuri uchun katta bahs bo'lishi mumkin. Uayt - iqtidorli og'ir vazn sportchisi. Uning Fyuri yoki Uaylderga qarshi jangi qiziq bo'lardi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar