So’nggi yangiliklar

17:512026 йилги Олимпиада ташкилотчилари шоҳсупа дизайнини намойиш этишди (ФОТО) 0 17:25Асадбек Саидов кейинги жангини тожикистонлик Фазлиддин Мадраҳимовга қарши ўтказиши мумкин (ВИДЕО) 0 17:01Ямаль энди аввалгидек ўйнолмайдими? 0 16:39Ўзбекистонлик бодибилдерлар халқаро турнирда совриндор бўлди (ФОТО) 0 16:18"Яхши формадаман". 46 ёшли Мэнни Пакьяо рингга қайтишга тайёрлигини маълум қилди 0 15:56Таэквондо. Нажмиддин Қосимхожиев Жаҳон чемпиони! 0 15:31Винисиус "Эл Класико"даги иши учун узр сўради 0 15:10Жейк Пол: "Жервонта Дэвисга қарши жанг олдидан қўрқяпман" 0 14:49Қозоғистон Президенти Шавкат Раҳмоновни орден билан тақдирлади + ФОТО 0 14:28Афсонавий Муҳаммад Алининг набираси проф рингда жанг ўтказди 0 14:07Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0 13:46Иржи Прохазка ўрта вазнга ўтиш ниятида 0 13:25Фомин Хитойда ўйинсиз чорак финалга йўл олди 0 13:04III Ёшлар Осиё ўйинлари. Ўзбекистон ўз ўрнида, медалларимиз 58 тага етди, қўшниларимиз бизга яқинлашиб олишди (+тўлиқ жадвал) 0 12:43ОЧЛ 2. "Андижон" жойлашган гуруҳда пешқадам ўзгарди 0

25 fev 17:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Bobbi Grin: "Maxachevning janglari hech kimga qiziq emas - bu juda zerikarli"

Islam Maxachevga raqiblik qilishi kutilayotgan Bobbi Grin Maxachevning jangi muxlislar uchun amaldagi chempion jangi darajasida qiziq ekanligiga shubha bildirmoqda.

"U menga yuqori baho bermadi, ammo men sizga uning yaxshi raqib ekanligini aytishim mumkin. Uning g'alabali seriyasi shundan dalolat beradi va agar biz bunga asoslanadigan bo'lsak, u shubhasiz chempionlik sinovidan o'tgan. Ammo, agar biz MMAni sotilishi kerak bo'lgan mahsulot deb oladigan bo'lsak, siz aynan nimani sotayotganingiz juda muhim, chunki tanlov jamoatchilikka tegishli va ular tomoshani tanlaydilar.

Islam yaxshi jang qiladi, ammo to'g'risini aytsam, uning janglari juda zerikarli. Hatto, u raqiblarini zerikarli tarzda mag'lub etadi. Mening janglarim esa o'yin-kulgidir. Ehtimol, u chempionlik sinovidan o'tgandir, ammo zerikarli tarzda. Hech kim buni ko'rishni xohlamaydi, bu hech kimga qiziq emas. Men uning janglarida "O, erta tugadi" deya uxlab qolaman. U har doim janglarini erta yakunlashi mumkin, ammo bu uning janglarini qiziqarli qilmaydi, sababi u kabi sportchilar jangga emas, o'yinga chiqadi", — deya Grinning so'zlarini keltiradi MMA Junkie.

Eslatib o'tamiz, Maxachev-Grin jangi ertaga Las Vegasdagi UFC Fight Night 202 turniri doirasida bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing