07 iyu 01:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobir Tagiev ishtirokidagi Mangu 3 markaziy jangi birinchi raundda yakuniga etdi (VIDEO)
Samarqand shahrida aralash yakka kurash bo'yicha Mangu 3 turniri nihoyasiga etdi.
Musobaqaning asosiy bahsida o'zbekistonlik taniqli muay-tay ustasi Bobir Tagiev moldovalik Aleksandru Bubleya bilan to'qnash keldi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi 3 raundlik bellashuv dastlabki raundda Tagievning nokaut orqali qo'lga kiritgan g'alabasi bilan yakunlandi.
Aslida, Mangu 3 turnirining markaziy bellashuvi tajribali MMAchimiz Xotambek Boynazarov va portugaliyalik Renjel de Sa o'rtasida kechishi belgilangandi. Biroq Xotambekning sog'lig'idagi muammolar sabab jang bekor bo'ldi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar