17 iyu 18:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bobousmon Baturov: "Endi masuliyat ikki karra oshdi"
Bugun bokschimiz Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasida O'zbekiston delegaciyasining bayroqdori sifatida elon qilindi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu yangilik yuzasidan bokschimizning fikrlari bilan qiziqdi.
"To'g'risi, buni kutmagandim. Ushbu xabarni eshitib hayron qoldim. Bayroqdorlik vazifasi yuklanishi hayolimga ham kelmagandi. Bu men uchun katta sharaf. Endi masuliyati yanada oshdi. Olimpiadada qatnashishning o'zi masuliyat edi, endilikda bu ikki karra oshdi. Barchasi Allohdan, umid qilamanki hammasi yaxshi bo'ladi. O'zimga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman", - dedi Bobousmon Baturov.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar
Шунга хайронман. Бобоусмон Батуров омад
Шунга хайронман. Бобоусмон Батуров омад