18 mar 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobousmon Baturovning prof boksdagi navbatdagi jangi elon qilindi + POSTER
CHarm qo'lqop ustamiz professional boksdagi ettinchi jangida ringga ko'tariladi.
30 mart kuni Jizzax shahrida Evolution Boxing Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Uning doirasida jizzaxlik bokschimiz Bobousmon Baturovning ham ringga ko'tarilishi malum bo'ldi. Unga yana bir hamyurtimiz — SHohrux Ashurov raqib bo'ladi. Jang super yarim o'rta vazn toifasida (69.9 kg) tashkil etiladi.
Takidlash joiz, Baturov prof faoliyati davomida hozirga qadar 6 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgan. Bobousmon o'zining oxirgi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida qirg'izistonlik Jarkinbek Jakipbek uuluga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar