08 mar 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bobousmon Baturovning yarim finaldagi raqibi aniq bo'ldi
Amman shahrida boks bo'yicha Tokio Olimpiadasi uchun licenziyalar taqdim etuvchi musobaqa davom etmoqda
Avvalroq, -69 kg vaznli bokschimiz Bobousmon Baturov xitoylik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Endi u yarim finalda mezbon bokschi Hussayn Iashashga qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, -69 kg vazn toifasida 5 nafar bokschiga Olimpiya o'yinlari licenziyasi ham taqdim etiladi. Biroz avval yarim finalga yo'l olgan Bobousmon Tokio Olimpiada yo'llanmasiga ham ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar