22 apr 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Abdulazizov Toshkentdagi Octagon 86 turnirida jang qiladi
1 may kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 86 turniri o'tkaziladi.
Tashkilotchilar oqshom doirasidagi navbatdagi jang elon qilishdi.
Unga ko'ra, taniqli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bobur Abdulazizov Octagon 86 turnirida qozog'istonlik Tazabek Bayanovga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Asadbek Saidov engil vazn chempioni, Qozog'iston vakili Sayat Abduali bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, Bobur Abdulazizov faoliyati davomida hozirgacha 34 ta jang o'tkazib, 21 ta g'alaba va 13 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar