22 jan 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Qurbonov mag'lubiyati haqida fikr bildirdi
O'zbekistonlik MMA jangchisi Bobur Qurbonov jarohat sababli mag'lub bo'lgani haqida fikr bildirdi.
“Jangni jarohat sababli to'xtatishga majbur bo'ldik. Oldin jarohatim bor edi, keyinchalik hammasi yaxshi bo'lib ketgandi. Afsuski, yana qo'zg'adi. Ko'rdinglar, hech qanday kuchli zarba o'tkazib yubormadim yoki og'ritish usuliga ham tushib qolmadim. Yaratganni aytgani bo'ladi. SHunday bo'lishi kerak ekan bo'ldi. Kimdir shu holatimdan maza qilmoqchi bo'lsa, mazza qilsin. Xudo xohlasa, yanada kuchli bo'lib qaytaman va meni qo'llab turganlarni ishonchini oqlayman”,-dedi Qurbonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar