So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

01 avg 16:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Bobur Qurbonov: "Odilxonga omad tilaganim bilan, uning g'alabasiga ishonmagandim"

Taniqli MMA jangchimiz Bobur Qurbonov Odilxon - Erkabulan jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"SHaxsiy hayotga o'tmasdan toza treshtok qilganliklari uchun jangchilarga rahmat aytishimiz kerak. Haqiqiy treshtok jangga qiziqishni qay darajada oshirishining guvohi bo'ldik. Avvalroq, Xolmurod va Lazizxon misolida buni ko'rgan edik. 

Jangga keladigan bo'lsak, 99 foiz odam Odilxonga imkoniyat bermagan edi. SHu qatorda o'zim ham Odilxonga omad tilaganim, uning g'alabasini xohlaganim bilan miyamda ishonmagandim. CHunki Erkabulanda bo'y va vazn yuqori, qo'l zarbalari kuchli, kurashga qarshi yaxshi himoylangan, xullas, texnik jihatdan ham jismoniy taraflama ham Toktar ustun degan edim. 

Yodingizda bo'lsa jonli efirda aytgan edim, Odilxonda portlovchi kuch bor, kutilmaganda kutilmagan hodisa qila oladi deb. Zalga kelganida ko'rgan edim - har qanday holatda ham pozitiv xarakterni saqlab qola oladi. G'alabaga bo'lgan ishonch turadi. 

Nazarimda, Erkabulan jangga 2 daqiqalik reja bilan chiqqan. CHiqaman, urib yiqitaman, deb o'ylagan. Urdi, yiqilmadi. Bunga javoban, Odilxon 2-raundda kuchli zarbalar bilan qarshilik ko'rsatdi, Toktarning rejasini ish bermaganidan keyin u ruhan cho'kdi. Odilxonni ishonchi yana ham oshdi va g'alaba shuning ortidan keldi. 

Bu esa bizga MMAning qanchalik kutilmagan hodislarga boy sport ekanligini, raqibni mensimaslik nimaga olib kelishini, raqibni jangga bo'lgan ishonchini, bilimlarini hurmat qilish kerakligini isbotlab berdi. 

Odilxonga omad tilayman, to'xtab qolmaslik kerak, Erkabulan uning faoliyatidagi eng jiddiy raqiblardan biri bo'ldi. Bundan keyin faqat kuchli jangchilar, o'ziga ishongan va Odilxonni engga olaman degan sportchilar paydo bo'ladi. O'zbekistonda MMAning shov-shuv bo'lgani uchun Odilxonga ham Erkabulanga ham rahmat aytaman. Odilxonga omad, jangchi yuragi ko'p narsaga qodir, faqat unga ishonish kerak", - dedi Qurbonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing