18 dek 13:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Tagiev Belarusdagi jangda birinchi raunddayoq g'alaba qozondi (VIDEO)
Kecha Belarus poytaxti Minsk shahridagi Prime Hall majmuasida MMA bo'yicha Contender Series BFC turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bobur Tagiev mezbon yurt vakili Valeriy Bulatga qarshi jang o'tkazdi. Ushbu jangda Tagiev raqibini birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli orqali muddatidan avval taslim etdi.
Bu bilan Bobur faoliyatidagi to'qqizinchi jangida sakkizinchi g'alabasini nishonladi. Uning hisobida bitta mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar