So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

27 dek 08:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Bogdan Guskov 2026 yil rejalari bilan o'rtoqlashdi

Teglar :  UFCBogdan Guskov
O'zbek aralash yakkakurash ustalari orasida UFC reytingida eng yuqori o'rinda borayotgan hamyurtimizga revansh jangi kerak.

Yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan Bogdan Guskov Yan Blahovich bilan to'qnashuvda g'alabani qo'lga kirita olmagandi. Jang durang natija bilan yakuniga etgan edi. Hamyurtimiz kelasi yilni divizionning sobiq chempioniga qarshi revansh jangi bilan boshlamoqchi.

"Men Blaxovichdan revansh olishni xohlardim, chunki menda o'sha jangda hali aytib ulgurmagan so'zim, yakuniga etkaza olmagan ishim bor. Men har qanday holatda ham o'zimni kuchli beshlikda ko'rishni, keyin esa mendan yuqoriroq bo'lgan jiddiyroq nomlarni ko'rib chiqishni istardim. Lekin umuman olganda - kim o'ntalikda mendan yuqori bo'lsa, har qanday raqib qiziqarli.

Allaqachon menejerlardan fevral oyining oxiri yoki mart oyining boshidagi turnirlar uchun muzokara olib borishni so'raganman. CHunki odatda UFC janglar haqida uch oy oldin ogohlantiradi va men iloji boricha tezroq qaytishni xohlardim. Men sog'lomman, hech qanday jarohat yo'q, shuning uchun yanvar oyidan boshlab tayyorgarlikni boshlash va malum bir resurs to'plashni rejalashtiryapman", - dedi Guskov. 

Malumot uchun, Bogdan Guskov dunyoning kuchli Ligasida to'rtta g'alabali seriyadan keyin durang natija qayd etgan. Debyutida Volkan O'zdemirga muddatidan oldin yutqazib qo'ygandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing