19 jan 10:24
Yangiliklar
Bogdan Guskov bugungi g'alabasidan keyin nimalar dedi?
Jangdan keyin Guskov oktagonda o'z fikrlarini bildirdi:
"Jonni, jin ursin seni! Umuman olganda, hazillashyapman. Men Jonnini yaxshi ko'raman, u yaqin do'stim. Bularning barchasi shunchaki hazil. Billi jangga kam vaqt qolganda chaqiruvni qabul qildi, tayyorlanishiga vaqt kam edi, men barcha mashg'ulotlarni Jonni uchun o'tkazgandim, o'ng qo'lli "stoyka" egasiga tayyorlanayotgandim, ammo hammasi o'zgarib ketdi. Billi 5 kun tayyorgarlik ko'rdi, bizda esa jang rejasini o'zgartirishga vaqt yo'q edi. Burchagimdagilar menga birinchi raundda o'rningdan tur deyishdi, lekin men Billining nazorat uchun ko'p kuch sarflaganini bilardim, biz uning biroz ishlashiga imkon berdik, u charchaganidan keyin esa biz o'z ishimizni qildik", dedi Bogdan Guskov.
Fikrlar