So’nggi yangiliklar

15:57"Челси" Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди 0 15:36Жошуа Ван — UFC тарихидаги иккинчи энг ёш чемпион 0 15:15Фаолиятидаги сўнгги жангини ўтказган Генри Сехудонинг юзини кўрдингизми? (ФОТО) 0 14:54UFC 323 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:33"Реал" Рюдигер билан музокара ўтказади 0 14:12Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатининг биринчи кунги ғолиблари маълум 0 13:51Махачев Пётр Ян - Мераб Двалишвили жангига муносабат билдирди 0 13:30"Зерикарли жанг ўтказишни истамадим" — Двалишвили мағлубиятига изоҳ берди 0 13:09Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Нефтчи" билан шартномани узайтирди 0 12:48UFC расман Шон Стрикленднинг навбатдаги жангини эълон қилди + ПОСТЕР 0 12:27IBA Жаҳон чемпионати. Бугун уч нафар боксчимиз рингга кўтарилади (Жуфтликлар) 0 12:06London Chess Classic. Абдусатторов рапид мусобақасининг илк куни 5 та партиядан 4 тасини ютди 0 11:45Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда 0 11:24Богдан Гусков жанг қилган UFC 323 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 11:10And neeeew!!! Мераб Двалишвили камарини Петр Янга бой берди 0

07 dek 11:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Bogdan Guskov jang qilgan UFC 323 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Hozirgina AQSHning Las-Vegas shahrida yilning so'nggi raqamlangan turniri - UFC 323 oqshomi o'z yakuniga etdi.

Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili hamda rossiyalik davogar Petr Yan o'rtasida kechdi. Besh raund to'liq davom etgan dahshatli jang yakunida Petr Yan hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. 

Turnirning co-main event jangi esa eng engil vazn chempioni braziliyalik Aleksandre Pantoja hamda myanmalik davogar Joshua Van o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang kutilmagan holat bilan yakunlandi. Birinchi raundning 27-soniyasidayoq Pantoja noqulay yiqilishi natijasida qo'lining tirsak qismini sindirib oldi. Jang to'xtatildi va texnik nokautli g'alaba Joshua Vanga berildi.   

Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning asosiy kardida hamyurtimiz Bogdan Guskov polshalik 42 yoshli sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raund to'liq davom etgan jangda durang natija qayd etildi. Hakamlardan ikki nafari jang durang bilan yakunlagani, yana biri esa Blaxovich g'alaba qozonganini etirof qilgan. 


UFC 323 turniri. Asosiy kard janglari

Merab Dvalishvili – Pyotr Yan – chempionlik jangi

AND NEWWWW... Pyotr Yan o'z chempionlik kamarini qaytarib oldi. Merabga ham qoyil. Bir yil ichida to'rtta chempionlik himoya jangi. Yan 5 yillik tanaffusdan so'ng yana UFC chempioni!

Aleksandre Pantoja – Joshua Van – chempionlik jangi

O'ta engil vazn toifasidagi chempionlik jangi kutilmagan ko'rinishda yakunlandi. Jangning 27-soniyasida Pantoja noqulay yiqilishi natijasida qo'li tirsak qismidan chiqib ketdi. Hakamlar texnik nokaut qayd etishdi. Myanmalik Joshua Van osonlik bilan o'ta engil vaznning yangi chempioniga aylandi. 


Brendon Moreno – Tacuro Tayra 

Eng engil vazn toifasida o'tkazilgan jang muddatidan avval yakuniga etdi. Yaponiyalik Tayra sobiq UFC chempioni Brendon Morenoni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Tayra jang oldidan reytingda 5, Moreno 2-o'rinni egallab turgandi. Katta ehtimol bilan endi jangchilar reytingdagi o'rinlarini almashib olishadi. Tacuro chempionlik kamari uchun rasmiy davogar aylanib olsa ajab emas. 

Genri Sexudo – Peyton Talbott 

Turnir doirasida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Genri Sexudo yosh Payton Telbottga qarshi jang qildi va to'liq uch raund davom etgan bahsda ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berdi. Bu Sexudo uchun faoliyatidagi so'nggi jang bo'ldi. 

Hakamlar hujjatidan ko'chirma. Afsus, juda alamli durang. G'alaba Bogdanni Top-10`talikka 100 foiz olib kirardi. 

Yan Blaxovich – Bogdan Guskov 

Bogdan ketma-ket beshinchi g'alabaga yaqin edi. Afsuski, oxirgi 10 soniya durang natijani taminlab berdi. Bu erda Guskovga tajriba etishmadi. Uchinchi raundda tempni tushirdi, tajribali Blaxovich aksincha, so'nggi raundda faollashdi, so'nggi soniyalardagi zarbalar evaziga muqarrar mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Alamli durang - 29-28, 28-28, 28-28. Bir hakam Blaxovichga g'alabani berdi, ikki hakam esa durang natija qayd etdi. Bogdan Guskov UFC'dagi faoliyatida ilk bor durang qayd etdi.


Pyotr Yanning kiyinish xonasi...

UFC 323 turnirining asosiy jangi qahramonlari - gruziyalik chempion Merab Dvalishvili rossiyalik davogar, ushbu kamarning sobiq sohiblaridan biri Pyotr Yan arenaga etib keldi. Bu nafaqat Merab, balki UFC uchun ham tarixiy jang. Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi 2025 yil hisobidan o'z chempionlik kamarini to'rtinchi bor himoya qiladi. 

Prelim kard janglari

Grant Douson – Manuel Roberto Torrec

Engil vazn toifasi jangchilari ishtirokidagi jang ham muddatidan avval yakunlandi. Prelim kardni yopib bergan jangda meksikalik Manuel Torres raqibi Grant Dousonni texnik nokautga uchratdi. Torres zarbachi, Douson esa kurashchi edi. Grant o'z usulida raqibini parterga tushirish uchun bir necha bor urinib ko'rdi, ammo Torres zarbalar evaziga o'z maqsadiga etdi. U yangilangan reytingda Top-15`talikka kirsa kerak.      


Oqshomning so-main event jangi ishtirokchilari - eng engil vazn toifasi chempioni braziliyalik Aleksandre Pantoja hamda myanmalik davogar Joshua Van arenaga etib keldi.

Terrens MakKinni – Kris Dankan 

Engil vazn toifasi vakillari ishtirokidagi jang muddatidan avval yakuniga etdi. Makkinni birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq nokaut evaziga g'alaba qozonishi mumkin edi. Dankan nafaqat mo'jiza evaziga oyoqda tura oldi, balki o'zi raqibini "anakonda" usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bu paytda birinchi raundning ikkinchi daqiqasi 30-soniyasi o'tib borayotgandi.


Meysi Barber – Karin Silva 

UFC 323 turniri kardidan o'rin olgan yagona ayollar jangi o'ta engil vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan Meysi Barber Top-10`talikdan joy olgan Karin Silvaga qarshi oktagonga chiqdi. To'liq uch raund davom etgan jangda Meysi hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Birinchi raundda ikki bor raqibasini sambishenga tushirishga uringan Silva foydasiga hal bo'lgandi.


Nazim Sadixov – Fares Ziam 

Prelim kardning ilk jangi muddatidan avval yakuniga etdi. Engil vazn toifasi vakillari jangida ozarbayjonlik Nazim Sadixov UFC`dagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Dastlabki raundni Ziam ishonch bilan o'z hisobiga yozib qo'ydi. Ikkinchi raundning so'nggi soniyalarida divizion kelajagi sifatida qaralayotgan Fares Ziam Sadixovni texnik nokautga uchratdi. Nazim jang to'xtalishiga etiroz bildirdi, ammo referi qarorini o'zgartirmadi. Sadixov UFC`dagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi.

Erta prelim kard janglari

Marvin Vettori – Bruno Ferreyra 

Erta prelimning so'nggi jangi g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Birinchi raund Ferreyra hisobiga yozildi. Vettori gong chalinishiga yaqin faollashdi, lekin kech edi. Ikkinchi raundda deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Lekin baribir Brunoning harakatlari aniqroq ko'rindi. Uchinchi raundda Marvin vaziyatni o'z tomoniga o'zgartirish uchun harakat qildi, ammo bu umumiy g'alaba uchun kamlik qildi. Ferreyra hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Endi u yangilangan reytingda Vettorining Top-15`dagi o'rnini egallaydi.


Edson Barboza – Jelin Terner 

Jelin Terner birinchi raunddayoq faxriy jangchi, tajribali aralash yakkakurash ustasi Edson Barbozani nokautga uchratdi.

Ivo Baranevskiy – Ibo Aslan 

Yarimog'ir vazn toifasidagi bu jang ham muddatidan oldin tugadi. Ikki daqiqaga ham cho'zilmagan jangda Baranevski va Aslan haqiqiy "qonli urush" uyutirishdi. Polshalik Baranevski raqibini nokautga uchratdi. Ivo Baranevski shu yil Dana Uaytning Davogar turnirdagi g'alabasi evaziga UFC promoushenidan shartnoma olgandi. Bu uning debyut jangi bo'ldi. Turkiyalik Ibo Aslan bundan avvalgi ikkita jangida ham mag'lubiyatga uchragandi. Katta ehtimol bilan bu uning UFC`dagi so'nggi jangi bo'ldi.


Mansur Abdul-Malik – Antonio Trokoli 

Ushbu jang ham muddatidan avval yakuniga etdi. Bir daqiqayu to'qqiz soniyada Abdul-Malik gilotina - bo'yinni bo'g'ish usuli bilan bo'yi novcha raqibini sambeshin qildi. Mansur Abdul-Malik mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Antonio Trokoli SHara Bullet bilan jang o'tkazgani bilan tanilgandi.  

Muhammad Naimov – Mayron Santos 

UFC 323 turniri kardini ochib bergan ilk jangda nokaut qayd etildi. Mayron Santos uchinchi raundda tojikistonlik Muhammad Naimovni ikkilik zarbasi bilan texnik nokautga uchratdi. Santos birinchi va ikkinchi raundlarda ham ustunlikka erishgandi. Har ikki aralash yakkakurash ustasi bugungi jangga qadar ikkitalik g'alabali seriya bilan kelayotgandi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing