So’nggi yangiliklar

15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанг! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0

17 may 10:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Bogdan Guskov oktagonga qachon qaytishini malum qildi

Yarim og'ir vazn toifasi UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Bogdan Guskov navbatdagi jangini qachon o'tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.

Bu haqda u "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida malum qildi va iyul yoki avgust oylarida oktagonga qaytishini ochiqladi. 

"Blaxovich bilan jangning bekor qilinishiga juda og'riqli munosabatda bo'ldim, chunki yanvar oyidan beri tayyorgarlik ko'rayotgandim, yaxshi formada edim, xatolar ustida alo darajada ishladim. SHunday bo'lib qoldi... munosib o'rinbosar topilmadi, — dedi Guskov. — Jamoamning fikricha, biz kamar uchun harakat qilishimiz kerak, shuning uchun bizga reytingda yuqoriroq bo'lgan raqib kerak. Menga esa bunday variantni taklif qilishmadi, garchi bu tushunarli bo'lsa-da - vaqt juda kam edi. Hozir biroz dam oldim, endi qaytadan tayyorlanaman. Keyingi jangni yo Abu-Dabidagi iyuldagi turnirga yoki Belgraddagi avgustdagi turnirga o'tkazishni so'radim. Raqibim kim bo'lishi haqida tasavvurga ega emasman. Ammo reytingi yuqoriroq raqib bo'lishini vada qilishdi. Bu meni qoniqtiradi".

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyida Bogdan sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich bilan jangda durang natija qayd etgandi. 9 may kuni ular revansh jangida to'qnash kelishlari kerak edi, biroq Blaxovich tizzasidan olgan jarohati tufayli jangni tark etdi.

"Aslida men bu vaziyatni qo'yib yubordim, — dedi Guskov Blaxovich bilan jangning barbod bo'lishiga izoh berar ekan. — Lekin menga taklif qilishsa... u reytingda yuqoriroq turadi, shuning uchun bu jang men uchun qiziqarli bo'ladi. Agar u bilan jang qil desalar, albatta, rozi bo'laman", - dedi Bogdan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing