14 fev 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov: "Raqib va sana bor"
O'tgan yilning dekabrida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich bilan murosaga kelgan Bogdan Guskov oktagonga qaytishga tayyor.
Hamyurtimiz keyingi raqibi kim bo'lishini allaqachon biladi.
"Jang o'tkazganimga hali ko'p bo'lmadi. Undan jarohatlarsiz chiqdim, hammasi joyida. Hozir kutyapman - raqib va sana bor, ammo hali shartnoma imzolanmagan. O'ylaymanki, tez orada yangiliklar bo'ladi", - dedi yarim og'ir vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz.
SHu bilan birga, "Carevich" muxlislar uning jangini uch oydan kamroq vaqt kutishlarini aytdi.
"Kamroq. Ancha kam. Hozir resurs olyapmiz, keyin esa - gazini beramiz", - deya qo'shimcha qildi Guskov jurnalistning tegishli savoliga javoban.
Ayni paytda 33 yoshli Bogdan Guskov UFC yarim og'ir vazn toifasi reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : Sport24
Fikrlar