So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

02 iyu 08:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Bogdan Guskov UFC'da o'zi jang qilishni istaydigan raqiblar nomini aytdi. Ular orasida sobiq raqibi va qiyofadoshi ham bor

Teglar :  Bogdan Guskov
Yarimog'ir vazn toifasida o'zbekistonlik aralashyakka kurash ustasi, UFC reytingida 12-o'rinni egallab turgan Bogdan Guskov kimlar bilan jang qilishni istashini aytdi.

U kuzda janglarga qaytmoqchi.

"Dominik Reyes, Entoni Smit bilan jang qilmoqchiman. SHuningdek, Volkan Ozdemir bilan revansh jangini o'tkazishni xohlardim. Ammo endi g'alabadan so'ng u kuchli beshlikka ko'tarildi, shuning uchun bu mendagi eng noreal variant bo'lsa kerak. Lekin u kamar yo'lida ekani uchun qiziq, men u bilan to'liq tayyorgarlikda o'z kuchimni sinab ko'rmoqchiman. Endi men bunga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishim mumkin va bizning jangimiz yanada qiziqarli bo'ladi", dedi Guskov.

Malumot uchun, Bogdan Guskov (16-3) UFC'da hozirgacha 3 ta jang o'tkazib, 2 g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirdi. U o'zining so'nggi jangini 27 aprel kuni amerikalik Rayan Spennga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozondi. Aynan shu jangdan so'ng angrenlik yurtdoshimiz UFC reytingida 12-o'rindan joy oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing