07 dek 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov - Yan Blaxvich jangidan ilk FOTOGALEREYA
Biroz avval AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilayotgan yilning so'nggi raqamlangan turniri doirasida hamyurtimiz Bogdan Guskov sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich bilan durang natija qayd etdi.
Oxirgi 10 soniya Bogdanni muqarrar g'alabadan mahrum qildi. Birinchi raund yaqin raund guvohi bo'ldi. Yanning oyoqqa bergan zarbalari ancha xavfli bo'ldi va bu Bogdanning chap oyog'iga shikast etkazdi. Ikkinchi raundda to'liq ustunlik Guskovda. Hatto nomdor raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi, afsuski parterda bariga nuqta qo'ya olmadi.
Uchinchi raundda hamyurtimiz charchab qoldi va buning natijasida Yan oxirgi 10-15 soniyada o'zi uchun kerakli natijaga erishdi. Bogdan zarbadan keyin yiqilib tushmaganida balki, hakamlar umumiy g'alabani aralash yakkakurash ustamizga berishlari mumkin edi.






Havola :
Fikrlar