06 mar 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskovning keyingi raqibi kim bo'lishi aniq
Yarim og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov oktagonga qaytmoqda.
Vestnik MMA nashrining malum qilishicha, Guskov keyingi jangida ham polshalik Yan Blaxovich bilan to'qnash keladi. Revansh jangi 10 may kuni AQSHning Nyuark shahrida tashkil etiladigan UFC 328 turniri doirasida o'tkaziladi.
Yodingizda bo'lsa, sportchilar o'rtasidagi ilk bellashuv durang natija bilan yakunlangan edi.
Malumot uchun, 33 yoshli Bogdan Guskov faoliyati davomida 22 ta jang o'tkazib, 18 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. Reytingning beshinchi pog'onasida qayd etilgan 42 yoshli sobiq chempion Yan Blaxovich hisobida esa 29 g'alaba, 11 mag'lubiyat va 2 durang bor.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar