19 avg 17:53
Yangiliklar
"Bogdanda bosim bor edi". Mahmud Muradov Guskovning Ankalaev bilan jangi haqida gapirdi
"Bogdan Guskovda bosim bor edi, u tavakkal qildi. Bu sportda albatta tavakkal qilmasangiz bo'lmaydi.
UFC o'zi imkon bergan sportchilar uchun kelajakda yordam ham beradi. CHunki, Ankalaev bilan jang qiladigan boshqa sportchi yo'q edi. Kosta yo'q dedi - Ankalaevga qarshi jang uchun ko'p pul so'radi. U vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang so'radi.
Bogdanda 1 avgustda Blaxovichga qarshi revansh jang bor edi. Yaxshi hamki, u tayyorgarlik ko'rayotgandi. Ankalaev bilan jangda Bogdanga ozgina etmadi. Unda stress bo'ldi deb o'ylayman. Unda hali barchasi oldinda. Ishonamanki, hali u o'zini ko'rsatadi. Bogdan Guskov ven eng ko'p muxlislik qiladigan sportchilarimdan biri hisoblanadi.
Bogdan, Ramazon, Nursultonning barchasiga muxlisman. O'zbek sportchilariga omad tilayman", - dedi Mahmud Muradov olamsport.com saytiga bergan intervyusida.

Fikrlar