So’nggi yangiliklar

22:05Аичи-Нагоя. Замонавий бешкурашчиларимиз Осиё ўйинларидаги иштирокини бошлашди 0 21:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Олтита терма жамоамиз ҳам мусобақани ғалаба билан бошлади 0 19:02Макгрегор Холлоуэйга қарши жангдаги мағлубиятдан норози 0 18:24"Насаф"нинг Осиё Чемпионлар Лигаси 2 мусобақаси 1-туридаги рақиби ҳақида 0 17:45Акбар Абдуллаев ва яна 3 нафар спортчи DWCS турниридан кейин UFC билан шартнома имзолади 0 17:12Сув полочи қизларимизнинг Осиё ўйинларида қатнашадиган таркиби эълон қилинди 0 16:30Царукян тасдиқлади: UFC юлдузи Руффига қарши жангда унинг бурчагида бўлади 0 15:46Ямаль ўзини Месси, Роналду ва Марадона билан солиштирди 0 15:02Аичи-Нагоя-2026: спорт гимнастикаси бўйича эркаклар жамоамиз таркиби эълон қилинди 0 14:26Дана Уайт UFC 331 турнири учун янги бонусни эълон қилди 0 14:07"Агар унга ютқазсам, ҳаммаси нарсамни йўқотаман" - Арман Царукян 0 13:41Расман! Лазизхон Ўзбековга Холмурод Нурматовдан реванш олиш имкони берилди (ПОСТЕР) 0 13:15"Насаф" бугун ОЧЛ 2 мусобақасида ўз юришини бошлайди 0 12:442,5 млн доллар! Ҳатто ютқазган шахматчи ҳам миллионерга айланади 0 12:13Майкл Пейж: "Доғистонликлар зерикарли жанг кўрсатишади, лекин UFC`да қолишмоқда" 0

11 okt 07:43
Yangiliklar

Kurash

Bog'dodda belbog'li kurash bo'yicha Hokim kubogi o'tkazildi

Farg'ona viloyatining Bog'dod tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida Bog'dod tumani hokimi kubogi uchun kattalar o'rtasida ochiq turnir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi Bog'dod tumani hokimligi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur ochiq turnirda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar hamda qo'shni Qirg'iziston Respublikasidan kelgan 150 nafarga yaqin polvonlar g'oliblik uchun gilamga chiqishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu musobaqada polvonlar belbog'li kurashning klassik yo'nalishida 60, 70, 80, 90, +90 kg. vazn toifalarida medallar uchun bellashishdi.

Murosasiz va qizg'in bahslarga boy tarzda o'tgan bellashuvlarning so'nggi natijalariga ko'ra qo'yidagi polvonlar o'z vazn toifalarida barcha raqiblaridan ustun kelib, shohsupaning eng yuqorisidan joy egallashdi.

60 kg. – Husniddin Vahobov (Farg'ona)

70 kg. – Nusrat Sultonboev (Andijon)

80 kg. – Bekzod Abdug'aniev (Farg'ona)

90 kg. – Husniddin Ro'ziev (Andijon)

+90. – Obidali Mavlonov (Farg'ona)

Qirg'izistonlik polvonlardan bir nafari - 60 kg. vaznda ishtirok etgan Raman Saparov uchinchi o'rinni band etdi.  

Ochiq turnir bellashuvlari yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar turnir tashkilotchilari tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, Bog'dod tumanida 8-9 oktyabr kunlari 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida mamlakat kubogi bahslari ham o'tkazilgan edi.

Miranshoh RO'ZIEV, Farg'ona viloyat belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi, musobaqa bosh hakami: 

- Bog'dod tumanida tashkil etilgan bellashuvlarni yuqori saviyada o'tishida avallo Farg'ona viloyati hokimligiga, tuman hokimligiga, Respublika belbog'li kurash federaciyasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Tumanda uch kundan buyon sport bayrami, desak muobalag'a bo'lmaydi. 8-9 oktyabr kunlari o'smirlar o'rtasida mamlakat kubogi bahslarini, bugun esa ochiq turnirni chiroyli tarzda o'tkazdik. Albatta, bu kabi musobaqalar yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni, xususan, milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Qolaversa, terma jamoalarimiz uchun iqtidorli polvonlarni saralash vazifasini ham  o'tab beradi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing