So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

10 okt 11:48
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bog'dodda O'zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi, navbat hokim kubogi bellashuvlariga

Joriy yilning 8 -9 oktyabr kunlari Farg'ona viloyatining Bog'dod tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2003-2004 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va  viloyatlardan  300 nafarga yaqin  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.  

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu mamlakat kubogida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun bellashishdi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarning so'nggi natijalariga ko'ra qo'ydagi polvonlar o'z vazn toifalarida g'oliblikni tantana qilishdi.

Klassik yo'nalish. O'g'il bolalar

42 kg. – Oybek Sodiqov (Farg'ona)
46 kg. – Bunyod Rasulov (Farg'ona)
50 kg. – Hayotbek Kamoliddinov (Farg'ona)
55 kg. – Jamoliddin Nematullaev (Namangan)
60 kg. – Ismoil Umrzoqov (Namangan)
65 kg. – Fayozbek Abdug'afforov (Farg'ona)
71 kg. – Hasanboy To'xtasinov (Andijon)
77 kg. – Bekzod Kamoliddinov (Andijon)
83 kg. - Murodjon Sobirjonov (Namangan)
90 kg. – Oybek Muhammedov (Farg'ona)
+ 90 kg. – Bahodir Mehmonov (Farg'ona)

Erkin yo'nalish. Qizlar.

44 kg. – Moldir Alimbaeva (Qoraqalpog'iston)
48 kg. – Zulayxo Abdujabborova (Namangan)
52 kg. – Yulduz Abdullaeva (Sirdaryo)
57 kg. – Yasmina Sodiqova (Namangan)
63 kg. – Qizlarxon Husanova (Namangan)
70 kg. – Lazzat Tolipbergenova (Qoraqalpog'iston)
+ 70 kg. – O'g'iloy Salimova (Farg'ona)

O'g'il bolalar. Erkin yo'nalish.

42 kg. – Quvonch Ermuxammedov (Namangan)

46 kg. – Amirxon Abduqaxxorov (Toshkent v.)
50 kg. – SHahzod Usmonov (Toshkent v.)
55 kg. – SHoxjahon Mamatkarimov (Farg'ona)
60 kg. – Nodirbek Turg'unpo'latov (Namangan)
65 kg. – Hasanboy Abdusobirov (Farg'ona)
71 kg. – Jahongir Nizomiddinov (Namangan)
77 kg. - Ahmadali Soliev (Andijon)
83 kg. – Inomjon Yangiboev (Farg'ona)
90 kg. – Bobur Madaminov (Farg'ona)
+ 90 – Toshpo'lat Asadov (Buxoro)

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.
SHu o'rinda takidlab o'tamiz, 10 oktyabr kuni Bog'dod tumanidagi BO'SM stadionida belbog'li kurash bo'yicha yana bir qizg'in bellashuv o'tkaziladi. Boisi, shu kuni Bog'dod tumani hokimi sovrini uchun kattalar o'rtasida 60, 70, 80, 90, +90 kg. vazn toifalari bo'yicha ochiq turnir tashkil etiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing