05 fev 12:19
Yangiliklar

Boks. Bishkekdagi turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldik
O'z tarixida 41-marotaba tashkil etilgan Duyshenkul SHopokov xotirasiga bag'ishlangan musobaqada erkaklar va ayollar jami 13ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi.
Xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozig'iston, Tojikiston va O'zbekistondan kelgan 150 nafarga yaqin charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi. Kecha o'tkazilgan final janglaridan so'ng turnirning barcha g'olib va sovrindorlari nomi malum bo'ldi.
Finalda jang qilgan 4 bokschimizdan 3 nafari: Foziljon Abdumurodov, Fazliddin Meliboev hamda Obidjon Tohirovlar raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, musobaqa g'olibiga aylandi. O'zbekiston terma
jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida
ikkinchi o'rinni egalladi.
Ikkita tarkib bilan qatnashgan Qirg'iziston terma jamoasi 7 ta oltin, 8 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan birinchi o'rinni band etdi. Tojikiston va Qozog'iston terma jamoasi bittadan oltin, shuncha kumush, 2 ta bronza medali bilan keyingi o'rinlarni egallashdi.
Fikrlar