So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

16 iyu 19:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha jahon chempionati Toshkentda bo'lishi mumkin

Teglar :  Boks
Bugun poytaxtimizda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) prezidenti CHing-Kuo Vu ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


Anjuman chog'ida martabali mehmonga O'zbekiston boks federaciyasi rais o'rinbosari SHerzod Toshmatov hamrohlik qildi. SH.Toshmatov kecha AIBA tomonidan bir ovozdan ushbu tashkilotning Ijroqo'm azoligiga saylangandi.
Matbuot anjumanida sport yo'nalishida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



CHing-Kuo Vu savollarga javob qaytarar ekan, mamlakatimizda sportga, xususan boksga qaratilayotgan etibor hamda uning samarasi o'laroq xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritilayotgan ulkan g'alabalarga alohida to'xtaldi.
SHuningdek, AIBA prezidenti tashkilotning ijroiya qo'mitasiga yuqori saviyada mezbonlik qilgan yurtimiz sporti mutasaddilari, boks federaciyasi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
CHing-Kuo Vu o'z so'zida davom etar ekan, O'zbekiston boksi bugungidek yuqori tezlikda o'sishda davom etsa, bemalol kattalar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligiga davogarlik qilishi mumkinligini aytdi. Vuning fikricha, shunday bo'lgan taqdirda, poytaxtimiz ushbu katta sport anjumanini ham jahon talablari darajasida bemalol o'tkaza olishiga urg'u qaratdi.



Eslatib o'tamiz, kecha CHing-Kuo Vu Oqsaroy qarorgohida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qabulida bo'lgandi. Uchrashuvda dunyo boks tashkiloti rahbari O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda ommallashtirish yo'lidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati etirofi sifatida AIBAning yuksak mukofoti – “Xizmatlari uchun” ordenini topshirgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing