06 iyu 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks bo'yicha sobiq Jahon chempioni Meksikada YTXga sabab bo'ldi. Oqibatda bir inson hayotdan ko'z yumdi
Yarim engil vazn toifasida IBF va WBO yo'nalishlari bo'yicha sobiq Jahon chempioni Orlando Salido Sorano shtatida (Meksika) baxtsiz hodisaga sabab bo'ldi.
Bu haqda ESPN jurnalisti Salvador Rodriges xabar bermoqda.
Malum bo'lishicha, Salido o'zining "Pikap" rusumli mashinasini turar-joyga borib urgan. Oqibatda uch kishi, jumladan Orlandoning o'zi ham jarohatlangan. Afsuski, jarohatlanganlardan biri bir necha soatdan keyin halok bo'lgan.
Hozirda Salido kasalxonada bo'lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar himoyasida unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
Malumot uchun, Orlando Salido oxirgi jangini 2017 yilning dekabrida Migel Romanga qarshi o'tkazib, to'qqizinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan. U professional boksda 44 g'alaba (31 nokaut), 14 mag'lubiyat va bitta durangga ega.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar