19 iyu 09:02
Yangiliklar
JCH-2026. Koreyani mag'lub etgan Meksika pley-off masalasini hal qildi
Uchrashuv 1:0 hisobida Meksikaning g'alabasi bilan yakunlandi. O'yindagi yagona golni 50-daqiqada Luis Romo kiritdi.
SHu tariqa, meksikaliklar ikki o'yinda yuz foizlik natija - guruhda 6 ochko to'plagan holda keyingi bosqich masalasini hal qilishdi. Koreyaliklar hisobida 3 ochko bor.
Meksika keyingi turda CHexiyaga qarshi bahs olib borsa, Koreya Respublikasi JAR bilan to'qnash keladi.
Meksika - Koreya Respublikasi 1:0
Gol: 50 - Luis Romo
Meksika: Raul Rangel, Xorxe Sanches, Edson Alvares, Yoxan Vaskes, Xesus Galyardo, Luis Romo, Erik Lira, Brian Guterres, Roberto Alvarado, Raul Ximenes, Xulian Kinones.
Koreya Respublikasi: Kim Son Gyu, Li Gi Xyok, Pak Sin Xo, Xvan In Bom, Yang U, Kim Min Je, Li Xan Bom, Li CHje Son, Li Kan In, Son Xin Min, Mun Xvan.

Fikrlar