24 jan 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha Tokio Olimpiadasi licenzion musobaqasini qabul qilish uchun nomzod mamlakatlar ro'yxati malum
Avvalroq, yuqumli kasallik sabab Xitoyning Uxan shahrida o'tkaziladigan boks bo'yicha Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa bekor qilingani haqida xabar berilgandi.
Ushbu xabardan so'ng bir qator milliy federaciyalar mazkur musobaqani o'zida o'tkazish taklifi bilan chiqishdi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha Hindiston va Filippin boks federaciyalari ushbu musobaqani o'zlarida o'tkazishga tayyor ekanliklarini malum qilishgan.
Eslatib o'tamiz, kecha musobaqa 3-11 mart kunlari o'tkazilishi, ammo hozircha qaerda tashkil etilishi nomalum ekanligi haqida xabar berilgandi.
Yaqin kunlarda tashkiliy qo'mita musobaqa o'tkaziladigan shahar nomini elon qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar