29 jan 13:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yakunlandi
"Olimpiya shaharchasi"ning "Yakkakurashlar" arenasida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati ham o'z yakuniga etdi.
Qiziqarli va keskin bahslarga boy bo'lgan chempionat yakunida Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritib, chempionatning "Eng yaxshi jamoasi"ga aylandi. 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza bilan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi ikkinchi, 2 ta oltin, 1 ta kumush hamda 1 ta bronza bilan Andijon jamoasi kuchli uchlikdan o'rin oldi.
SHuningdek, chempionatning "Eng yaxshi bokschisi" deya Elyor Rustamov topilgan bo'lsa, "Eng yaxshi hakam" nominaciyasi Gulasal Rahimqulievaga nasib etdi.

Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar