So’nggi yangiliklar

23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0

30 iyu 21:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks: Ertangi kun chempionlari Nukusda aniqlandi

Teglar :  Boks
Joriy yilning 21-28 iyun kunlari Nukus shahrida 2003-2004 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston kubogi bahslari ham yangicha ko'rinishda tashkil etilganligi bilan ahamiyatli bo'ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan “O'zbekistonda boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorning qabul qilinishi yurtimizda mazkur sport turining ommaviyligini taminlash, iqtidorli sportchilarni saralashning yangicha tamoyillari yaratilishiga xizmat qilmoqda. 

Musobaqada mamlakatimizning barcha viloyat jamoalaridan 150 nafardan ziyod yosh charm qo'lqop ustalari 11 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Aytish lozimki, bundan bir-ikki yil muqaddam o'tkazilgan respublika miqyosidagi boks musobaqalarida u yoki bu hudud yoshlari masullarning etiborsizligi sabab qatnasha olmasdi. 

2021 yildan etiboran O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan ishning to'g'ri tashkil etilishi natijasida hududlarning barchasi musobaqalarda to'liq tarkib bilan qatnasha boshlashdi. Bu esa istedodli yosh bokschilarni aniqlashda, selekciya ishlarining samarali olib borilishida qo'l kelmoqda.

-Davlatimiz rahbari tomonidan boksni rivojlantirish to'g'risidagi qarorning imzolanishi O'zbekiston boksidagi mavjud yutuq va muammolarni, qilinishi kerak bo'lgan ishlarni butun buyi-basti bilan ko'rsatib berdi. Mamlakatimizda boks musobaqalarining ortishi o'z-o'zidan janglarni tashkil etish, boshqarish uchun zarur bo'lgan mutaxassislar, hakamlar zahirasi, ularning bilim darajasi borasidagi kamchiliklarimizni namoyon etdi. SHu boisdan o'tgan 3-4 oy davomida boks hakamlarini, mutaxassaslarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha bir qator seminarlar, amaliy mashg'ulotlar o'tkazdik. Nukusda o'tkazilgan O'zbekiston kubogi qaysidir manoda hakamlar uchun ham amaliy mashg'ulot maydoni bo'ldi, - deydi O'zbekiston boks federaciyasi hakamlar hayati raisi Bekjon Yusupov. 

Deyarli bir xafta davom etgan O'zbekiston kubogi bahslaridaumumiy hisobda 260 ta boks jangi o'tkazildi. Murosasiz janglar natijasiga ko'ra, o'z vazn toifalarida Asilbek Jalolov, Muhammadqodir Mamurjonov, Ibrohim Doniyorov, Suxrob Aminov, Mirzamaxmat Mirzabekov, Samandar Solijonov, Azizbek Tojiev, Jasurbek Yo'ldoshev, Nusrat Tohirov va Ali Nuranov g'oliblik shoxsupasiga ko'tarilishdi.

- Mazkur yosh toifasidagi iqtidorli bokschilar kelajakda Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarida O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Bugun ular 17-18 yoshdagi sportchilar. 2-3 yilda aynan shular orasidan saralanganlar boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini tashkil etadi, -deydi boks bo'yichaO'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Xamid Tangriberganov.

O'zbekiston kubogida umumjamoa hisobida eng ko'p medallarga ega bo'lgan Qoraqalpog'iston, Toshkent, Buxoro va Andijon vakillari sovrinli o'rinlarni egallashdi.

To'lqin RO'ZIEV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing