27 noy 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. IBA Prezidenti kubogida 12 nafar bokschi bilan ishtirok etamiz
Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo'yicha IBA President's Cup xalqaro turniri start olmoqda.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari IBA Uzbekistan jamoasi sifatida ishtirok etadi. Bellashuvlar bugundan start oladi va 3 dekabr kuni yakuniga etadi.
Tarkib quyidagicha:
50 kg: Nodirjon Mirzahmedov
52 kg: Faryozbek Do'smatov
55 kg: Mirzabek Mirzahalilov
60 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
65 kg: Mujibillo Tursunov
70 kg: Havasbek Asadullaev
75 kg: Javohir Abdurahimov
80 kg: Nurislom Ismoilov
85 kg: SHohjahon Abdullaev
90 kg: Halimjon Mamasoliev
100 kg: Madiyar Saidrahimov
+100 kg: SHahzod Polvonov.
Malumot uchun, IBA Prezidenti kubogida g'olib bo'lgan bokschi 100 ming AQSH dollari, kumush medal sohibi 50 ming, uchinchi o'rin egalari esa 25 ming AQSH dollariga ega chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar