So’nggi yangiliklar

19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0

13 sen 23:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. JCH-2019 atrofidagi muhit, Risqievni taniydigan rossiyalik jurnalist va boshqalar haqida

Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha o'tkazilayotgan jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Vaqt tig'izligi sababli jahon chempionati atrofida ro'y berayotgan voqea va xodisalar haqida batafsil xabardor qilish imkoniyati biroz pasaygan. SHunday bo'lsada, qisqa xabarlar orqali terma jamoamiz atrofidagi yangiliklar bilan siz azizlarni xabardor qilib bormoqdamiz. 

Demak bir boshidan boshlasak...  7 sentyabr kuni soat 04:45 ga belgilangan Toshkent - Moskva reysi Toshkent xalqaro aeroportidagi "zaderjka" sharofati bilan bir soat kechikdi. Buning natijasida Moskva - Ekaterinburg reysiga kech qoldik va belgilangan vaqtdan 4 soat kechikib, jahon chempionati poytaxtiga etib keldik. 

O'sha kunning o'zida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov Kuba boks federaciyasi prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi. Mazkur uchrashuvning ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu ikki boks derjavasi hisoblangan mamlakatlar bundan buyon sportning ushbu turida yaqindan hamkorlik qilishadi. Kelishuvga ko'ra, bokschilarimiz licenzion musobaqalar oldidan Kubada tayyorgarlik ko'rishadi. O'z navbatida kubaliklar ham O'zbekistonga kelib yig'in o'tkazishadi. Ushbu uchrashuvdan ikki kun o'tib, o'zbekistonlik va kubalik bokschilar Ekaterinburgda birga mashg'ulot o'tkazishdi


Bokschilarimizning musobaqalardagi ishtiroki, mashg'ulotlariga oid xabarlar haqida malumotlar berib turilibdi. SHunday ekan, ushbu maqolada musobaqa atrofidagi muhit haqida yozishni lozim topdik. 


Janglar shahar chetida joylashgan "Ekaterinburg-Ekspo" ko'rgazmalar markazida bo'lib o'tmoqda. Tashkiliy masalalar haqida gapiradigan bo'lsak, Ekaterinburg mazkur musobaqani o'tkazish uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Bahslar "MatchTV" ga qarashli "Match Boec" telekanali orqali jonli efirda translyaciya qilinmoqda. 


Bahslarni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan muxlislarga suratga tushish uchun, tamaddi qilish uchun maxsus burchaklar tayyorlangan. 


AIBA tomonidan JCH-2019 atributkalari sotuvi ham yo'lga qo'yilgan

OAV xodimlari uchun ham maxsus media-markaz tashkil etilgan. U erda Rossiya boks federaciyasi matbuot xizmati rahbari Svetlana, shuningdek "Moskovskiy boks" jurnali muxbiri Valeriy Batyr bilan uchrashdik, musobaqa borasida o'zaro fikr almashdik. Suhbat davomida jurnalda faoliyat olib boradigan hamkasbim yaqin orada Sobiq Ittifoq boksi tarixi haqida maxsus son nashrdan chiqayotgani haqida so'z ochib qoldi. SHunda men "Ushbu sonda Rufat Risqiev haqida ham malumotlar bo'ladimi?" deb qiziqib so'radim. Javob esa quyidagicha bo'ldi: "Qanday qilib Sobiq Ittifoq boksi afsonasi ushbu sondan tushirib qoldirilishi mumkin?". SHu tariqa, u kishi menga "Toshkent yo'lbarsi" haqidagi malumotlarni gapirib berdi. Suhbatimiz so'ngida esdalik uchun suratga tushdik.

Bokschilarimizni arenada Rossiyada istiqomat qiluvchi hamyurtlarimiz ham qo'llab-quvvatlashmoqda. Siz ham ular safiga qo'shilishni istasangiz mahalliy o'zbek diasporasi rahbari Obid akaga murojaat qilishingiz mumkin (+79122291911).

Darvoqe, ayni paytda Ekaterinburgda tahsil olayotgan andijonlik ukamiz Murodjon ham tashkiliy masalalarda terma jamoa azolariga yordam berib kelmoqda. Uning ham xizmatlarini etirof etib ketmasak bo'lmaydi. 

Ko'z tegmasin, hozircha yo'qotishlarsiz ketmoqdamiz. Ertadan jahon chempionatida 1/8 final janglari boshlanadi. Ertangi kun dasturida uch nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi. Tafsilotlarni albatta www.olamsport.com sayti va O'zbekiston boks federaciyasining TELEGRAMDAGI KANALI orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

P.S. Fursatdan foydalanib mazkur safarni tashkil etishda tashabbus ko'rsatgan O'zbekiston boks federaciyasiga minnatdorchilik bildirib o'tamiz. 

Aziz To'xtamurodov, Ekaterinburg.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
14 sen 00:20:35
Бек Махмудов
Через контакты тогридан тогри коряпмику ва через ютубдан хам тогридан тогри корсатяпти
   
13 sen 23:49:58
Oddiy inson
Hech qaysi rossiya kanali jchni obermayapti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing