05 sen 22:58
Yangiliklar

Boks. MDH o'yinlaridagi yigitlarimizdan 9 ta medal!
Avvalroq, qizlarimiz 11 ta medal qo'lga kiritganliklari haqida xabar qilgandik.
Biroz avval o'g'il bolalar o'rtasidagi final bellashuvlari yakuniga etdi. Musobaqa yakuniga ko'ra, Bekzod Xidirov boshchiligidagi bokschilarimiz MDH o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi hisobiga 9 ta medal (4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza) medallarini qo'shib qo'yishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-48 kg: Javohir Qo'ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farrux To'laganov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
Kumush:
+80 kg: Ravshanjon Soliev
-46 kg: Ilhomjon Ergashev
-57 kg: Qahramon Fozilov
Bronza:
-60 kg: Umidillo Abdurasulov
-66 kg: Jafarbek SHaxbozov
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar