So’nggi yangiliklar

14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0

11 may 11:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. O'zbekiston medallar soni bo'yicha rekordni yangiladi. Avvalgi JCHlarda natijalarimiz qanday bo'lgan?

Toshkent mezbonlik qilayotgan jahon chempionatida medal qo'lga kiritgan bokschilar nomi aniq bo'lib ulgurdi.

Yarim finalga qadar etib kelgan bokschilar JCH medaliga ega chiqishadi. Ushbu bosqichda g'alaba qozongan charm qo'lqop ustalari finalga yo'l olishsa, mag'lub bokschilar bronza medaliga ega bo'lishadi. 

Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili JCH yarim finaligacha etib keldi. Bu degani - terma jamoamiz mazkur JCHda 9 ta medalga sazovor bo'ladi. Boshqa xech qaysi terma jamoa yarim finalda bunchalik ko'p ishtirokchiga ega emas. SHu tariqa, bokschilarimiz mazkur JCHni medallar soni bo'yicha etakchi sifatida yakunlashlari aniq bo'ldi. Endi navbat medallar sifati bo'yicha etakchi bo'lishga. 

Bungacha medallar soni bo'yicha eng yaxshi natijamiz 2015 va 2017 yilgi jahon chempionatlarida qayd etilgan. Ushbu yillarda O'zbekiston bokschilari 6 ta medal bilan JCHni yakunlashgan.

Medallar sifati bo'yicha eng yaxshi natijamiz 2019 yilgi JCHda ko'rsatilgan. O'shanda vakillarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqishgan.


Bungacha o'tkazilgan jahon chempionatlarida O'zbekiston terma jamoasi qayd etgan natijalar: 

Tampere-1993 - 1 ta bronza

Berlin-1995 - 1 ta bronza

Budapesht-1997 - 1 ta oltin

Xyuston-1999 - 2 ta oltin, 1 ta kumush

Belfast-2001 - 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza

Bangkok-2003 - 1 ta kumush, 2 ta bronza

Mianyang-2005 - 1 ta kumush, 2 ta bronza

CHikago-2007 - 1 ta oltin

Milan-2009 - 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Baku-2011 - 2 ta bronza

Almati-2013 - 1 ta kumush, 1 ta bronza

Doha-2015 - 3 ta kumush, 3 ta bronza

Gamburg-2017 - 1 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza

Ekaterinburg-2019 - 3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza

Belgrad-2021 - 1 ta kumush, 1 ta bronza.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing